5 mantiqiy savol

Download PDF

1. Uch do`st suhbatlashib turishgan ekan. Shunda birinchisi men yo`qolsam, shohning xazinasidan qidiringlar debdi. Ikkinchisi men yo`qolsam, maktab-madrasadan qidiringlar. Uchinchisi esa men yo`qolsam  qidirmanglar, chunki topolmassizlar debdi. Uch do`stlarning nomini sanang?

2.  U yirik yirtqichlar orasida eng tez yuguradigan hayvon. Gavdasi uzun bo`lmasa ham oyoqli ingichka va uzun, lekin baquvvat terisi sarg`ish. Mushukka o`xshash, lekin yo`g`on ovoz bilan miyovlaydi. Afrika, Hindiston, Eronda tarqalgan. Turkmanistonning janubida ham uchrab turadi. Ko`zi o`tkir, o`ljasini uzoqdan ko`radi. Kiyik, jayron, yovvoyi qo`ylar, quyon va qushlarni ovlaydi. Tog` etaklarida cho`l va sahrolarda yashaydi. Uning nomi?

3.  Jamoat joyida bir odam do`stiga shikoyat qilyapti. “Eh do`stim, mening ishim juda qiyin, uning ustiga maoshim ham kam, eng yomoni bu yerda faqat men ishlayman qolganlar esa faqat dam olishadi” dedi. Savol:  Shikoyat qiluvchining lavozimi?

4. Tijortda raqobatga qarshi uchta qudratli qurol bor: 1. Sifat. 2. Narx. 3-nima?

  1. Eramizdan avvalgi V asrda yashagan yunon olimi Gerodot: «U Nilning sovg‘asidir»

degan. U nimani nazarda tutgan?

Javoblaringizni kutamiz.

7 thoughts on “5 mantiqiy savol”

  1. Yordam
    1-savolning 1-javobi – boylik.
    2- va 3-savollar javobining 1-harfi – «G»
    4- va 5-savollar menimcha qiyinchilik tug’dirmasa kerak

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan