Mantiqiy fikrlashizni tekshiramiz!

Download PDF

Kim mantiqiy qobilyatini tekshirib ko’rmoqchi? O’ylamasdan javob berishingiz kerak.

Siz Arastu asos solgan mantiq bilimini qay darajada bilasiz? Ushbu savollarga 5 daqiqa ichida qanday javob berishingizga qarab, buni aniqlash mumkin.
1. Avstraliyada 7 noyabr kuni bormi?
2. Qo‘lingiz 10 ta barmoqlardan iborat. 10 ta qo‘lda necha barmoqbor?
3. Siz Toshkentdan Moskvaga uchayotgan samolyotning uchuvchisisiz. Uchuvchining yoshi nechada?
4. Odatda yil oylari 30 yoki 31 kundan iborat. Qaysi oyda 28-nchi kun bor?
5. Siz qorong‘u xonaga kirayapsiz. U yerda gaz va benzin bilan yonadigan ikkita chiroq bor. Dastlab, nimani yoqasiz?
6. Shifokor har yarim soatda qabul qilish uchun 3 ta muolaja turini yozib bergan. Barcha muolaja turlarini qay vaqtda olib bo‘lasiz?
7. 1 dan 100 gacha bo‘lgan raqamlar ichida nechta 6 raqami bor?
NATIJALARNI TEKShIRIB KO‘RING.
1. Ha. 2. 50 ta barmoq bor. 3. Uchuvchining yoshi sizniki bilan teng. 4. Barcha oylarda bor. 5. Birinchi gugurt yoqiladi. 6. Bir soat vaqt ketadi. 7. 11 ta 6 raqami bor.
AGAR SIZ… Xato 2 tadan ko‘p bo‘lmasa: Siz mantiqan yaxshi o‘ylay bilasiz.
3 dan 5 tagacha xato qilgan bo‘lsangiz: Sizning bilimingiz yaxshi, lekin ba’zida xato qilasiz. Lekin o‘sha xatoni tezlikda tuzata ham olasiz. Eng asosiysi, bunday mantiqli savollarga javob berayotganda shoshilmaslik lozim.
6 tadan ko‘p xato bo‘lsa: siz o‘z ustingizda ishlashingiz kerak.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan