Mehnat, ish qurollari

Download PDF

mehnat qurollari

To‘rda turgan to‘rt yigit,

To‘rtovi ham mard yigit.

(Cho‘p savag‘ich)

 

Bizning uyda to‘rt kampir,

To‘rtovi ham mard kampir.

(Savag‘ich)

 

Qorong‘i uyda ko‘p polvon olishadi.

(Cho‘p savagich)

 

Biznikida bitta kishi,

Og‘zida qirqta tishi.

(Jun tarog‘i)

 

Oqqina kuchuk xov-xov etdi,

Qorni to‘yib ag‘nab ketdi.

(Urchuq)

 

Guv-guv yetadi,

Marg‘ilon kyetadi.

(Urchuq)

 

Charchamas kampir ko‘rdim, yolg‘iz oyoq,

Og‘ziga tashlab olgan cho‘pdan tayoq.

Yurgan sari belbog‘ini qavatlaydi,

Beribdi unga go‘zallikni ayamayoq,

(Urchuq)

 

G’uv-g‘uv etar,

Qorni to‘ysa yumalab ketar.

(Urchuq)

 

Sariboy akam saqtali,

Ikki oti no‘xtali.

(Charx)

 

Bir yog‘iga qor yog‘adi,

Bir yog‘iga do‘l yog‘adi.

(Halloji)

 

Ikki qo‘chqor urishar,

Qumalogi tushar.

(Halloji)

 

U yoqqa o‘tadi qizgina,

Bu yoqqa o‘tadi qizgina,

Qulogiga halqa taqib,

Shildirab o‘tadi qizgina.

(Moki)

 

G’oz qaqillab o‘tar,

Qanoti sharqillab o‘tar.

(Moki)

 

Urdim, gup etdi,

Er tagiga kirib ketdi.

(Ketmon)

 

Sen urmasang, u urmas.

(Ketmon)

 

Yugurib, chaqqon o‘tadi,

Tagidagin o‘ldirib kyetadi.

(Ketmon)

 

Uzi jonsiz,

Ishga polvon.

(Ketmon)

 

Metalim matti,

Qulog‘i qatti.

Qulog‘iga qattiq tepdim,

Yalpayib yotdi.

(Bel)

 

Tushgan erini kesar.

(Tesha)

 

G’it-g‘it dyeydi, ishlaydi,

Erga kukun tashlaydi.

(Arra)

 

Qora tuya qaltiraydi,

Qobirg‘asi yaltiraydi.

(Arra)

 

Og‘zi yo‘q,

Tishi ko‘p.

(Arra)

 

Tushgan erini uzar.

(Ombur)

 

Kelib og‘zini ochar,

Tishlab olib qochar.

(Ombur)

 

Boradir, boradir,

Oyog‘ini ko‘tarib yotadir.

(Zambil)

 

Oqqina tovuq somon sochar.

(Panshaxa)

 

Er tagida oy yurar.

(Omoch)

 

Er ostida boy boradi.

Qulog‘ida loy boradi.

(Omoch)

 

Yer tagida quyruq boradi.

(Omoch)

 

Ketaveradi, ketaveradi,

Tog‘day joyni buzib keladi.

(Omoch)

 

O’zi yerning tagida,

Kuchi yerning ustida.

O’ttiz ikki og‘ayni,

Bir-birining ustida.

(Chig‘iriq)

 

Yigirma besh og‘ayni,

Bir-birining izida.

(Chig‘iriq)

 

Egiladi, bukiladi,

Mevalari to‘kiladi.

(Chig‘iriq)

 

Yozda yurar,

Qishda yotar.

(Chig‘iriq)

 

Mening kuchugim hovullaydi,

Qorni to‘q bo‘lsa aylanadi.

(Chig‘iriq)

 

Bir qushim bor ajoyib,

Don cho‘qiydi eyolmaydi,

Qanot qoqadi, ucholmaydi.

(Juvoz)

 

Qorong‘i tomning ichida

Polvon akam ikki oyoq bilan tepadi.

(Juvoz)

 

Qorong‘i saroyda buzoq shiqirlab og‘zidan

ko‘pik sochadi.

(Tegirmon)

 

Yer ostida g‘olton guldiraydi.

(Tegirmon)

 

Qat-qat mening cho‘ntagim,

Qatlama mening cho‘ntagim,

Yetti yerdan to‘y qelsa,

To‘ymas mening cho‘ntagim.

(Tegirmon)

 

Ko‘p yyeydi, tez yeydi,

Mayda chaynaydi.

O’zi yuta olmaydi,

O’zgalarni to‘ydiradi.

(Tegirmon)

 

U nimadir, quv yog‘ochdan og‘zi bor,

U nimadir, o‘rtasida mag‘zi bor,

U nimadir, elkasida og‘zi bor,

U nimadir, suv ostida qimirlar.

(Tegirmon)

 

Tomda turib karnay chaldim,

Tovushi Qo‘qonga ketdi.

(Tegirmon duti)

 

Bir jumbog‘im bor boshdan,

Joni temir, toshdan.

Zuhra xola, yuguravering,

Usta tosh o‘ldi ochdan.

(Tegirmon)

 

Uy-joy va unga tegishli jihozlar

 

Opon-oponni ko‘rdim,

Eski choponni ko‘rdim.

Qobirg‘asi qalashgan,

Odam yutganni ko‘rdim.

(Qora uy)

 

Qobirg‘asi tarim-tarim,

Asli uning joni yo‘q.

Terisini siyirib olsam,

Erga tomar qoni yo‘q.

(Qora uy)

 

Hachcha,

Dachchaning ustida bachcha.

Bachchaning ustida qalpoq,

Qalpoqning ustida telpak.

(Qora uy)

 

Bir tepada olti qo‘chqorning

shoxi almashib yotir, –

Etti qo‘chqorning shoxi yalmashib yotir.

(Qora uy)

 

Qirq chinoq qirq quduqdan suv ichar.

(Qora uyning uvig‘i)

 

Og‘il to‘la chinoq qo‘y.

(Qora uyning uvig‘i)

 

Bizning uyda qirq qiz,

Hammasi sochpopukli.

(Uviq va bog‘i)

 

Jindi qiz, jindi qiz,

Jin tepaga chiqdi qiz.

Bolalarini ergashtirib,

Harang-darang bo‘ldi qiz.

(Qora uyning chang‘arog‘i)

 

Gum-gumbaz, Qirq chanoq.

(Qora uyning chang‘arog‘i)

 

Ko‘kkina qo‘zim uy aylanar.

(Qora uyning beldovi)

 

Kichkinagina quyoncham jar aylanib qochadi.

(Qora uyning beldovi)

 

Bir to‘bada to‘rt ilon.

(Qora uyning tuynuk bog‘i)

 

Bir to‘baning ustida to‘rt shiboq.

(Qora uyning‘ tuynuk bog‘i)

 

Chin qushim, chinni qushim,

Chin tepaga qo‘ndi qushim.

Qanotini yoydi qushim.

Tanobini tortdi qushim.

(Chodir)

 

Xitoy qush qanotlarini yoyib, oyog‘ini bukib,

tog‘da o‘ltiribdi.

(Chodir)

 

Amakim ichkarida,

Quloqlari tashqarida.

(Uyning to‘sini)

 

Onasi yettita,

Bolasi bir nechta.

(To‘sin, vassa)

 

Onasi qornida bolasi ko‘ndalang yotibdi.

(To‘sin, vassa)

 

Kunduzi tashqari,

Kechasi ichkari.

(Eshik)

 

Ikki opamning bo‘yi teng.

(Eshik)

 

Devolga qo‘ngan qushim,

Ba’zilari bir qanot,

Ba’zilari qo‘sh qanot.

(Eshik)

 

Olti ko‘zli, suyakli,

Hamma uyga kerakli.

(Deraza romi)

 

Kechasi osmonga qaraydi,

Kunduzi erga qaraydi.

(Eshik zanjiri)

 

Kechasi yuqori,

Kunduzi quyi.

(Eshik zanjiri)

 

Kechasi turadi,

Kunduzi yotadi.

(Eshik zanjiri)

 

Qoravoy buvam eshik qo‘rir.

(Qulf)

 

Qora qulim uy qo‘rir.

(Qulf)

 

Kichkinadir, minadir,

Unga odam ishonadir.

(Qulf)

 

Kichkina itcha hurmaydi,

Tishlamaydi, uyga qo‘ymaydi.

(Qulf)

 

Bir shaharni bir qora hakka qo‘riqlaydi.

(Qulf)

 

Qoragina zog‘cha,

Qanotidan osilgan.

(Qulf)

 

Jarda yantoq osilgan.

(Qulf)

 

Katta xotin uy poylaydi,

Kichkina xotin yo‘qlovga kyetadi.

(Qulf, kalit)

 

Akasi uy poylaydi,

Ukasi o‘ynab yuradi.

(Qulf, kalit)

 

Akasini ukasi qitiqlaydi.

(Qulf, kalit)

 

Olisdan jangir-jungir,

Yaqindan oddiy temir.

(Qulf, kalit)

 

Chumchug‘im chiq etdi,

Uyasiga kirib ketdi.

(Qulf, kalit)

 

Uzun bo‘yli,

Qora to‘nli.

(Mo‘ri)

 

Amakim ariq,

Qorni yoriq.

(Mo‘ri)

 

Bir uyga kirsam,

Qorni yoriq ayiq turibdi.

(Mo‘ri)

 

O’zi bitta,

Ko‘zi to‘rtta.

(Tancha)

 

To‘rt og‘aynining boshida bir qalpoq.

(Tancha)

 

Shaytonning uyi taxtavonlik, ichi to‘la

xoda.

(Tancha)

 

Og‘zi pulday,

Ichi xumday.

(Obriz)

 

Tepasi ayvon,

O’rtasi xumdon,

Tagi zindon.

(Obriz)

 

Yo‘nsa yo‘g‘on bo‘lar.

(O’ra)

 

Chirgiday erga kun tegmas.

(Quduq)

 

Osmondan osilgan,

Erdan qazilgan.

(Quduq)

 

O’ra qazdim,

Tuprog‘i yo‘q.

(Qoziq o‘rni)

 

Quduq qazdim betuproq.

(Qoziq o‘rni)

 

Otasi bor, enasi bor,

O’n ikkita bolasi bor.

(Narvon)

 

Tepdim, tepdim,

Terakka chiqdim.

(Narvon)

 

Eliboy akam kissasini,

El yig‘ilib tikolmas.

(Devol yorig‘i)

 

O’zi katta,

Sarpo‘shi yo‘q.

(Hovuz)

 

Bersang, to‘yadi,

Bermasang, turadi,

Hamma xizmatin ko‘radi.

(Sandiq)

 

Bir eshagim bor,

To‘rt oyoqli.

To‘balasam yurmaydi.

(Sandiq)

 

To‘rt oyog‘i bor,

Burnida avaraki.

(Sandiq, kalit)

 

Kichkina fildi,

Menga qarab kuldi.

(Oyna)

 

Top-tobonoq, tobonoq,

Toboni yo‘q quyonoq,

Quyonog‘i kumushdan,

Kulib turgan buvishdan.

(Oyna)

 

Bir do‘stim bor ajoyib,

Agar kim unga boqsa,

Kulib boqar iljayib.

(Oyna)

 

Tolning tagida tiniq suv.

(Oyna)

 

Kunu tun yuradi,

Doim bir joyda turadi.

(Soat)

 

Oyog‘i yo‘q, yuradi,

Og‘zi yo‘q, gapiradi.

(Soat)

 

O’zi ming xil,

Gapi bir xil.

(Soat)

 

Oq tovoqda sariq qaychi.

(Soat)

 

Usti yotinqi,

To‘rt oyoqli.

(So‘ri)

 

Yuraveradi, yuraveradi.

Yo‘li ko‘paymaydi.

(Beshik)

 

To‘rt oyog‘i bor,

Ostida toshi bor,

Top-chi!

(Beshik)

 

Kunduzi yig‘iladi,

Kechasi yoyiladi.

(Ko‘rpa)

 

Kunduzi hur bo‘ladi,

Kechasi qul bo‘ladi.

(Ko‘rpa)

 

Kechasi bo‘g‘oz,

Kunduzi qisir.

(Ko‘rpa)

 

Qo‘lsiz, oyoqsiz ko‘ylak kiyar.

(Yostiq)

 

O’zi bitta,

Og‘zi ikkita.

(Lo‘labolish)

 

Tursa tuyaday,

Yig‘ilsa kichkintoy.

(Pashshaxona)

 

Uy xo‘jalik asboblari

 

Og‘zi do‘ppidek,

Ichi qizil, xumdek.

(Tandir)

 

Shum kampir,

Shumaloq kampir,

Ikki beti yumaloq kampir.

(Tandir)

 

Og‘zi qora ko‘k tozim,

Kuniga to‘qqiz kiyik oladi.

(Tandir)

 

Alomat-a, alomat,

Ichi qizil qiyomat.

Ho‘l urdim,

Quruq chiqdi.

(Tandir, non)

 

Osti lop-lop,

Usti lop-lop,

O’rtasida kumush qoplab.

(Rapida)

 

O’zi bitta,

Qulog‘i to‘rtta.

(Qozon, to‘rt qulog‘i)

 

Qulog‘i qornida,

Boshi yo‘q.

(Qozon)

 

Qora tovuq,

Qorni to‘q.

(Qozon)

 

Qora sigir qarab turar,

Sariq sigir yalab turar.

(Qozon, olov)

 

Qora ho‘kizning putini,

Qizil ho‘kiz yalaydi.

(Qozon, olov)

 

Bir tom ichida uchta beti qora.

(O’choqpoya)

 

Uchi jamlashgan,

Kuchi birlashgan.

(O’choqpoya)

 

Qora botir otdan tushdi,

Askarlari o‘rab olishdi.

(Qozon, tovoq, kosa)

 

Qora dev yiqildi,

Bolalari yig‘ildi.

(Qozon, tovoq, kosa)

 

Laylak uyada,

Dumi ziyoda.

(Cho‘mich)

 

Hakka uyada,

Quyrug‘i ziyoda.

(Qoshiq)

 

Bir xotin bor, bolalari choch-choch,

Ikki qo‘li doim boshida.

(Qoshiqdon)

 

Osti imorat,

Usti imorat,

O’rtasi otashxona.

(Samovar)

 

Bozorda sariq ayg‘ir kishnaydi.

(Samovar)

 

Ichi qora ko‘mirday,

Tishi sariq isparakday.

O’ltirishi mulladay,

Qichqirishi tayloqday.

(Samovar)

 

Suv desam, suv emas,

Shildiraydi bir narsa.

O’t desam, o‘t emas,

Yiltiraydi bir narsa.

Boshiga bo‘rkini olib,

Bo‘rkillaydi bir narsa.

(Samovar)

 

Umrdon-a umrdon,

Yoqqan o‘ti ko‘mirdan.

Makkadan bir qush kepti,

Jig‘ildoni temirdan.

(Samovar)

 

O’zi katta,

Kichikka egiladi.

(Choynak)

 

O’zi turar jimgina,

Qulog‘i bor birgina.

(Choynak)

 

Ro‘parada turibdi,

Yuzi dumaloq, lo‘ppi.

Bir qulog‘i bor, bir burni,

Boshiga kiygan do‘ppi.

(Choynak)

 

Onalari tokchadan tushsa,

Bolalari yugurib keladi.

(Choynak, piyola)

 

Hamma kishini ko‘rganda labini o‘pkay.

(Piyola)

 

Labi labimga tegsa, og‘zim kuyadi.

(Piyola)

 

Mehmon keldi,

Yugurib bordi.

Qo‘liga chiqib,

Labini o‘pdi.

(Piyola)

 

Qora tuyam baqirar.

(Choydish)

 

Buxorodai kelgan lo‘k,

Kulga borib cho‘k.

(Oftoba)

 

Qorni qortoz,

Burni burtoz.

Otga minmas,

Piyoda yurmas.

(Obdasta)

 

Borayotganda och minar,

Kelayotganda to‘q.

(Ko‘za)

 

Qorni qopday,

Bo‘yni ipday.

(Xum)

 

Shim kampir,

Shim-shim kampir.

(Qatiq soladigan kadi)

 

Uzun terak,

Ichi kovak.

(Kuva)

 

O’ttiz umurtqasi yo‘q,

Qirq qobirg‘asi yo‘q.

Shiliq-shiliq yetadi,

O’zi sira to‘ymaydi.

(Mesh)

 

Oq echkim ichi yo‘q,

Suyagi yo‘q, go‘shti yo‘q,

O’zi shiliq-shiliq yetadi,

Yumalab yerda yotadi.

(Mesh)

 

Oq echkim qanotin yozdi,

Og‘zin ochsam ichidan bol chiqdi.

(Mesh)

 

Bo‘tali tuya ovul kezar.

(Keli)

 

Otasi og‘zin ochar,

Bolasi urib qochar.

(Keli)

 

Taltayib turadi,

Tarsillatib uradi.

(Keli)

 

Tap-tap yetadi,

Tagidan karvon o‘tadi.

(Elak)

 

Tak-tak tomdan qor yog‘adi.

(Elak)

 

Yangi idish,

Tagi teshik.

(Elak)

 

Bir o‘zi,

Ming ko‘zi.

(Elak)

 

Oqqina tuya kulga cho‘kar.

(Elak)

 

Kalta momom loy tepar.

(Saqich)

 

Kaltacha bobom loy tepar.

(Saqich)

 

Kichkina mitti,

Echkini yiqitdi.

(Pichoq)

 

Ishini bitirdi,

Eshik tagiga o‘tirdi.

(Supurgi)

 

Eshik orqasida beli bog‘liq qul yotar.

(Supurgi)

 

Beli bog‘liq qulbachcha,

Tomdan o‘tin tashlaydi.

(Supurgi)

 

Belin bog‘lab uy o‘rtasida o‘ynar.

(Supurgi)

 

Qo‘ygan yerda turadi,

Osh emaydi, suv ichmaydi.

(Supurgi)

 

Qobirg‘asi bor, qoni yo‘q,

Og‘zi bor, joni yo‘q.

(Qop)

 

Etsa turmas,

Tursa yotmas.

(Qop)

 

G’ishim yo‘lda yo‘rg‘alar,

Yurgan yo‘li oqarar.

(Sovun)

 

Kichkina misr,

Beklarni otdan tushir.

(Chilim)

 

Bo‘yni birgina,

Qo‘li ikkigina,

Chaqirib kelmaydi,

Piyoda yurmaydi.

(Chilim)

 

Ustida o‘t yonadi,

Tagida suv qaynaydi.

(Chilim)

 

Sarvinoz, sallasi katta, bo‘yni kir.

(Chilim)

 

Boradi, boradi,

Tangaday joyni oladi.

(Hassa)

 

Kunduzi top-top etar,

Kechasi bovursoqday yerda yotar.

(Hassa)

 

Kunduzi yuradi-yuradi,

Oqshom tik turadi.

(Hassa)

 

Uzun terak turib ketdi,

Yo‘rg‘a-yo‘rg‘a yurib ketdi.

(Hassa)

 

El olmasa, ellik yil yotadi.

(Oltin)

 

Erda chirimaydi,

Elda yo‘qolmaydi.

(Oltin)

 

Kichkinagina minnas,

Olamni kezib tinmas.

(Tanga pul)

 

Oppoqqina, yumaloqqina,

Hammaning ko‘ziga yaxshigina.

(Tanga pul)

 

Loydan bo‘sh,

Toshdan qattiq.

(Qo‘rg‘oshin)

 

Bir oyog‘in osib turar,

Bir oyog‘in bosib turar.

Chor bozorga boradi,

Bo‘z bozorga bormaydi.

(Tarozi)

 

Ikki og‘a-inini bir ustunga bog‘ladim.

(Tarozi)

 

Ikki singil,

Og‘ir-engil.

(Tarozi)

 

Oq sallali bobo tom ustidan yantoq

tashlaydi.

(Ustara)

 

Tomdan poxol tashlaydi,

G’aldi pakana.

(Ustara)

 

Ming qo‘yimni bir chiviq bilan haydadim.

(Ustara)

 

Toqirchoq to‘bada toy o‘ynar.

(Ustara)

 

Tepa ustida bukur sichqon o‘ynaydi.

(Ustara)

 

Yumaloq tepada qilich o‘ynar.

(Ustara)

 

Tom ustida olifta usta.

(Ustara)

 

Suyri to‘ba ustida —

Abjir tozi o‘ynaydi.

(Ustara)