O’simliklar dunyosi

Download PDF

Bahor gulari

Hasan aka tikka turadi,

Bolalari chapak chaladi.

(Terak, barglari)

Bolalari qarsak chaladi,

Onalari o‘yinga tushadi.

(Terak, barglari)

Yozda ham qishda,

Bir xil kiyimda.

(Archa)

Otasi uyda qolar,

Bolasi bozor borar.

(Mevali daraxt)

Kichkina qozonning oshi totli.

(Yong‘oq)

Kichkina dekcha,

Ichi mazaliqcha.

(Yong‘oq)

Kichkina qozon,

Jingla palov.

(Yong‘oq)

Kichkina qozon,

Jikr palov.

(Yong‘oq)

Kichkina tandircha,

Ichi to‘la kulcha.

(Yong‘oq)

U yog‘i tog‘,

Bu yog‘i tog‘,

O’rtasida

Sarig‘ yog‘.

(Yong‘oq)

Qo‘shaloq tovoq,

Ichi to‘la yog‘.

(Yong‘oq)

Usti zahar, ichi tosh,

Toshning ichi asal.

(Yong‘oq)

Po‘sti qalin, qovoqday,

Beli bog‘li tanobday,

Mevasi sarig‘ yog‘day.

(Yong‘oq)

Beli bog‘li, cho‘tir choldir,

Qo‘ynida bor bujur kampir.

(Yong‘oq)

Kichkina xotin shoshaqon,

Kichkina qozon toshaqon.

(Yong‘oq)

Ikki tog‘ning orasida

Bir tup yantoq.

(Bodom)

Qo‘tir tosh,

Ichida osh.

(Bodom)

Osh ichida tosh,

Tosh ichida osh.

(O’rik)

U yog‘i tosh, bu yog‘i tosh,

O’rtasida nishgan osh.

(Danak mag‘zi)

Pastu baland ko‘p xotin,

Ko‘ylaklari oq, gulgun.

(O’rik guli)

O’zi ko‘m-ko‘k,

Yuzi qip-qizil.

(Olma)

O’zi shirin, tukligina,

Mazasi bor, totligina.

(Shaftoli)

Bodom kabi yaprog‘i,

Sollanadi butog‘i.

(Shaftoli)

Past-past bo‘yi bor,

Malla to‘ni bor.

 (Behi)

Mallagina to‘ni bor,

Nordongina ta’mi bor.

(Behi)

Dum-dumaloq bo‘yi bor,

Palovda obro‘yi bor.

(Behi)

Bir qop un,

Ichida ustun.

(Jiyda)

Qopcha,

Qopcha ichida uncha,

Uncha ichida ustuncha.

(Jiyda)

Ichi un-un,

Tashi gulgun.

(Jiyda)

Tashi qizil anorday,

Ichi oq — unday,

O’tirishi gulday.

(Jiyda)

Osmondan tushdi bir tugun,

Usti baxmal, ichi un.

(Jiyda)

Igna tegmasdan qon,

Tegirmon bermasdan un,

Tesha tegmasdan ustun.

(Jiyda)

Otasi bukri xo‘ja,

Onasi yoyma chalpak,

Bolasi shirin-shakar.

(Tok bargi, uzumi)

Bir onadan yuz bola,

Yuzovi ham bo‘z bola.

(Tok, uzum)

Chorpoya ustida

Shirin-shirin shox soqqa.

(Tok, uzum)

Bo‘g‘un-bo‘g‘un, bo‘g‘unchoq,

Tugun-tugun, tugunchak,

Etmish qizning onasi

Hali ham bo‘lsa kelinchak.

(Tok, uzum)

Ota-onasidan bolasi shirin.

(Tok, bargi, uzumi)

Qora ho‘kizim og‘ilga kirishda dumini yulib

qoldim.

(Qora mayiz)

Kichkina dekcha,

Ichi to‘la mixcha.

(Anor)

Sariqqina to‘ni bor,

Ichi to‘la doni bor.

(Anor)

Qirq hujrada qizil qizlar.

(Anor)

Eshagim quduqqa tushib ketdi,

Dumidan ushlasam, yulinib ketdi.

(Qora mayiz)

Kichkina gumbaz ichida

Qizlar aylabdi makon.

Yuzlarida parda tutig‘lik,

Har birining bag‘ri qon.

(Anor)

Gulsiz bo‘lar mevasi,

Shirin-shirin donasi.

(Anjir)

Osti sariq, usti sariq,

Shirin, totli, ichi tariq.

(Anjir)

Daraxt ustida langar.

(Anjir)

Qamchi dasta,

Qamchi dastada marjon.

(Do‘lana)

Tepdim, sandiq ochildi,

Erga bodom sochildi.

(Do‘lana)

Er tagida qizil qayish.

(Tut daraxtining ildizi)

Ekin va o‘simliklar

Abdal buva ariqdir,

Og‘zi, burni murriqdir.

(G’o‘za)

Chopsang kular,

Chopmasang o‘lar.

(Paxta)

Og‘zini ochib erga qaraydi,

Og‘zidan oq ko‘pik sochadi.

(Paxta)

Qorday oppoq,

Yungday yumshoq.

(Paxta)

Ildizi yerda,

Yulduzi ko‘kda.

(Paxta)

Kichkina xurmacha,

Og‘izlari burmacha.

(Ko‘sak)

Erdan ko‘karib chiqar,

Bag‘ridan oltin oqar.

(Paxta)

Momiqqina onasi,

Yog‘liqqina bolasi.

(Paxta, chigit)

Hamma yog‘i qiltik,

Hamma unga intiq.

(Bugdoy)

Solaman qizil,

Chiqaraman oq.

(Bug‘doy, un)

O’zi ariq,

Rangi sariq,

Yuzi qizil,

Boshi qiltiq.

(Bug‘doy)

Qizilini o‘zim edim,

Sarig‘ini molga berdim.

(Bug‘doy, somon)

Dik-dik etar, buti yo‘q,

O’tiray desa o‘rni yo‘q,

Arig‘i boru suvi yo‘q.

(Bug‘doy)

Kichkina qiz,

Qo‘lida bigiz.

(Sholi)

Bizning uyda bir qiz,

Boshida bir tol qil yolg‘iz.

(Sholi)

Kich-kichkina to‘ni bor,

Uchida qili bor.

(Shodi)

O’zi yosh,

Mo‘ylovi uzun.

(Shodi)

Taram sochli qiz to‘dasi,

Suvda yotar kun-kechasi.

Suvda yotib suvga tegmay

Oltmishida u sarg‘aygay,

Sakson kunda saboqdadir,

To‘qson kunda tovoqdadir.

(Guruch)

Erdan chiqar taranib,

Zarrin dastor o‘ranib.

(Makkajo‘xori)

Bo‘yi bir qarich,

Soqoli ikki qarich.

(Makkajo‘xori)

Sariboy bobom ichkari,

Soqollari tashqari.

(Jo‘xori)

Bir uya ustida ming ari.

(Jo‘xori)

Mingta alp og‘adir,

Ming o‘raga sig‘adir.

 (Jo‘xori)

Ko‘k ko‘ylakli xotin,

Sarig‘ bola ko‘targan.

(Jo‘xori)

Ko‘k kiyimni kiymayman,

O’sha yerda turmayman.

(Jo‘xori)

Qiya-qiya yerlarda

Qiyma juvon o‘tirar.

Dakanasin dol qo‘yib,

Tolma juvon o‘tirar.

(Oq jo‘xori)

Amakim egnida ko‘k chopon,

Boshida oq dastor.

(Oq jo‘xori)

O’tirishlari eshonday,

Ko‘zlari mohparonday.

(Oq jo‘xori)

Uzun-uzun ko‘chalar,

Ichi to‘la bachchalar.

(Loviya)

Biznikiga mehmon keldi,

Hammasining qoshi qora.

(Loviya)

O’zi pishiq,

Burni qiyshiq.

(No‘xat)

Malla mushuk,

Bo‘yni qiyshiq.

(No‘xat)

Qora-qora qoramuq.

(Mosh)

Qora-qora qo‘g‘irmoch.

(Mosh)

Oltin sochdim tojidor,

Bunga hamma xaridor.

(Tariq)

Bir tub chikor, bir tub chinorda

Qirq butoq, qirq butoqda qirq uya,

Qirq uyada qirq tuxum.

(Tariq)

Ernazar bobom enkayadi,

Kallasi qinqayadi.

Tevaragi to‘p-to‘p,

O’rtasi qip-qizil.

(Tariq)

Kunga qarab tolmaydi,

Kundan ko‘zni olmaydi.

(Kungaboqar)

Bir qarichcha bo‘yi bor,

Ola-chipor to‘ni bor.

(Zig‘ir)

Bir tanada

Ming dona.

(Kunjut)

Terak uchida xum,

Ichida qum.

(Ko‘knori)

Kichkina, kichkina kelinchak,

Boshlarida tugunchak.

(Isiriq)

Boyning qizi tog‘da kelinchak.

(Isiriq)

Madad akamning boshida baxmal taqiyasi

bor.

(Qizg‘aldoq)

Qizlarjonning boshida

Qizil baxmal taqiya.

(Qizg‘aldoq)

Eksang bitar,

Isi hamma yoqni tutar.

(Rayhon)

Ko‘m-ko‘k tusi,

Xushbo‘y isi.

 (Rayhon)

Ariq bo‘yida to‘shak.

(Maysa)

Uzun terak,

Ichi kovak.

(Qamish)

Zil terak,

Zilmon terak.

(Qamish)

Soqoli bir qarich,

O’zi ming qarich.

(Qamish)

Daryo,

O’rtasida bo‘yro.

(Qamish)

Biz, biz edik,

Ming qiz edik,

Bizni o‘rdilar,

Ipga tizdilar.

(Qamish)

O’z elimda el edim,

Tulki tumoq bek edim.

Qiyildim, quchoqqa tushdim,

O’ttiz ikki tuzoqqa tushdim.

(Qamish)

Qator-qator turganlar,

Tulki tumoq kiyganlar.

(Qamish)

Er tagida qizil yulg‘un.

(Ro‘yan)

Chir-chir qushlar,

Chirmashiq qushlar.

O’zining joni yo‘q.

Odam kelsa, tishlar.

(Tikan)

Lip yetadi, kirib kyetadi,

Chiqazolmay esing kyetadi.

(Tikan)

Yo‘l ustida voyvoyak.

(Tikan)

Poliz ekinlari va sabzavot

poliz ekinlari

Xo‘ppa semiz,

Bir tuki yo‘q.

(Tarvuz)

Uzoqdan yaldir-yuldur,

Yoniga kelsam qulfi-kalit.

(Tarvuz)

Ko‘kkina qo‘zim, quvanda turib semiradi.

(Tarvuz)

Men ajab hayronman bir narsaga,

Qoziqda boylovli turibdi-yu,

Onasi bolasining qornida.

(Tarvuz)

Jumboq qo‘ydim, jubin top,

Yumaloq biyning otin top.

Tag‘i qo‘ydim, tag‘i top,

Tolli biyning otin top.

(Tarvuz)

Zar-zar to‘ni bor,

Zarbdan panohi bor.

Urdi pichoqni,

Uning ne gunohi bor.

(Qovun)

Bir uyning ichida

to‘rt ko‘rpacha yoyig‘lik turibdi.

Eshigi ham yo‘q, teshigi ham yo‘q,

Mehmon kelsa ochiladi.

(Qovun)

Xilla xiloyim bor,

Janda-kulohim bor.

Boshimga urdilar pichoq,

Mening ne gunohim bor?

(Qovun)

Bozordan bir narsa ol,

Ham o‘zing e, ham tovug‘ing esin,

Ham moling esin.

(Qovun)

Buxorodan kelgan fil,

Orqasidan tasma til.

(Qovun)

Oppoq, semiz, moyi yo‘q,

Terisi qalin, juni yo‘q.

(Oshqovoq)

Qo‘shnimning arqoni devoldan oshib tushdi.

(Oshqovoq)

Pishmaganda mazali,

Pishganda mazasiz.

(Bodring)

Mayda-mayda uzunchoq,

Tashi ko‘k, ichida zirachak,

(Bodring)

Qat-qat to‘nli,

Qarich bo‘yli.

(Karam)

Qat-qat quloq,

Dum-dumaloq.

(Karam)

Er tagida oltin bosh.

(Sholg‘om)

Er tagida zar kalapush.

(Sholg‘om)

Kalta bobom ichkarida,

Quloqlari tashqarida.

(Sholg‘om)

Er tagida chaksa go‘sht.

(Lavlagi)

Er tagida oltin qoziq.

(Sabzi)

Sari bobom ichkari,

Soqollari tashqari.

(Sabzi)

Qizil qiz er ostida,

Sochlari er ustida.

(Sabzi)

Boyning o‘g‘li Boysari,

Soqollari sap-sari.

(Sabzi)

Iyagi erga qaragan,

Soqoli osmonga qaragan.

(Sabzi)

Past-past bo‘yi bor,

Etti qavat to‘ni bor.

(Piyoz)

Er tagida kokilli bachcha.

(Piyoz)

Er tagida oq sochli boy yotar.

(Piyoz)

Qirq ko‘ylagi bor,

Bir tugmasi yo‘q.

(Piyoz)

Urmasdan yig‘latar.

(Piyoz)

Er tagida kumush kunda,

Sho‘rva qilsang kelar kunda.

(Piyoz)

Er tagida yumron qoziq.

(Turp)

Bir barmoqcha bo‘yi bor,

Qizil baxmal to‘ni bor.

(Garmdori)

Qizilgina ko‘zachak,

Ichi to‘la zirachak.

(Garmdori)

Bizlar, bizlar biz edik,

Bizlar bir talay qiz edik,

Bizlarni uzdilar,

Bir ipga tuzdilar.

(Garmdori)

Er ustida mushtday quyruq.

(Qo‘ziqorin)

Qonga o‘xshash, qoni yo‘q,

Bolasining soni yo‘q.

(Garmdori)