Topishmoqlar haqida

Download PDF

 kitob.boshqotirma. zn.uz

Topishmoq asrlar davomida yaratilib, avloddan-avlodga o`tib, sayqal topib kelayotgan folklorning mustaqil janridir. Topishmoq juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. Ba`zi topishmoqlarning obyektini, shakli hamda mazmuni qadimiyligini ozmi-ko`pmi aniqlashga imkon beradi. Topishmoq qadimda tabiat, tabiat hodisalari va narsalarni bir biriga taqqoslash, o`xshatish orqali borliqni, undagi mavjud narsalarning mohiyatini ko`proq belgilashga katta yordam bergan. Kishilar qadim zamonlardan boshlab hozirgacha asta-sekin tabiat va jamiyatdagi inson uchun foydali va zararli bo`lgan hodisalar; jonli, jonsiz pridmetlar, umuman har xil obyektlarni o`z zamon va tushunchasi doirasida anglagan holda topishmoq yaratib kelganlar. Topishmoq bugungi kunda ham o`z ahamiyatini yoqotgan emas, balki kun-bakun yangi-yangi topishmoqlar yaratilib, ommalashib bormoqda. Ma`lumki topishmoq ko`ngilxushi yoki faqat ermak emas, balki topishmoq orqali atrof, muhit, tabiat yaqinidan tanishtirilishi bilan birga aql-zakovat, zehn, fikr o`tkirligini sinash quroli hamdir. Chunki, u kishini hozirjavobgarlikka o`rgatadi. Topishmoq xalq ijodining boshqa janrlari: doston, ertak, qo`shiq, maqol, kabi xalqning manaviy boyligi va kollektiv ijod mahsulidir. U inson, ijtimoiy hayot, tabiat hodisalarning mavjud barcha tamonlari bilan keng bog`langan bo`lib, hamma vaqt real zaminga asoslanadi. Unda atrofimizni qurshab turgan real, moddiy dunyodagi turli obyektlar aks etadi. Har bir topishmoq o`ziga xos shakl va mazmuniga ega bo`lgan mustaqil bir butun badiiy asardir. Unda falsafiy, tarixiy, etnografik belgilar, tushunchalar, hodisalarning mohiyati go`zal obrazli ifodalarda aks etadi. Bu janr ikki kishi yoki kollektiv o`rtasida berilgan jumboqli savolga javob qaytarish tarzida ijro etiladi. An`anviy topishmoqlarning savol qismi tabiat, tabiat hodisalari va narsalari, umuman, har xil obyektlarga poetik tus berilgan holda obrazlashtirish – taqqoslash, o`xshatish orqali jumboqlanadi. Javob qismi esa obrazlar orqali jumboqlangan obyekt – narsa yoki tabiat hodisalarning otini aytib berish, ma`nosini topish, yashiringan narsani ochish, bilishdan iborat. Shunday topishmoqlar borki, uning javobini topish juda qiyin. Undagi yaxlitlangan, taqqoslangan narsani o`xshatmasi, taqqoslanmasini topish uchun ko`p o`ylash, tinimsiz fikr yuritish orqali muayan belgilarini aniqlashga , qidirishga to`g`ri keladi. Topishmoqda jumboqlangan, yashiringan narsaning o`xshatmasi, taqqoslanmasi qanchalik qadimda ishlatilgan va hozirgi kunda istemoldan chiqqan narsa bo`lsa, uning javobini topish shuncha qiyindir. Topishmoqning javobini topish uchun aytilgan tekstni yahshi o`ylab, nimaga ishora etilishni fahmlash, topishmoqning asosiy hususiyati va belgilari qaysi pridmetga qaratilgani aniqlab yoki tahminlab topishga intilish kerak bo`ladi. An`anaviy topishmoqlar juda ko`p turga ega mazmuni, kompozicion ko`rinishi jihatdan rang-barang bo`lib, ular hilma-hil tartibda yaratilgan. Folklar asarlari orasida eng ixcham, eng oz so`zli janrlardan biri topishmoqdir. Darhaqiqat topishmoq, hatto ikki so`zdan ham tuzilishi mumkin. Masalan: <<Bossang, vaqillaydi>> (Baqa) kabi. An`anviy topishmoqlar ko`pincha bir misrali – nasr shaklida va ikki, uch, to`rt va uchdan ko`proq misralarda nazm shaklida aytiladi. Ko`pincha xalqlar folklarida bo`lganidek o`zbek xalq og`zaki ijodida ham bir, ikki misrali topishmoqlar ko`p o`runni egalaydi. Masalan, bir misrali topishmoq: <<Jar boshida jarti supra>>. (Quloq) yoki <<Yer tagidagi oltin qoziq>>. (Sabzi) va h.k.